Xitoy rasmiylari odamlarni ularning qadam bosishi yoki tana tuzilishi bo‘yicha tanib olishga mo‘ljallangan yangi kuzatuv vositalarini qo‘llashni boshladi. Tizim 50 metr masofada turgan har qanday odamning, u hatto kameraga ters turgan yoki yuzi ko‘rinmayotgan bo‘lsa ham, shaxsini aniqlay oladi.
Butun Xitoy eng yangi optika va yuz tanish texnologiyalari bilan ta’minlangan son-sanoqsiz videokuzatuv kameralari bilan qamrab olingan, endi esa Pekin va Shanxay shaharlarida odamlarni yurishidan taniy oladigan kameralar ishga tushdi. Ushbu tizim shaxsiy hayot daxlsizligi tarafdorlarining chuqur xavotirlariga sabab bo‘ldi.
Tizim insonning yuziga “qiyo boqishi” shart emas, shunchaki uning qanday yurib ketayotganini ko‘rsa bas. Cho‘loqlanib, boshqacharoq qadam bosib tizimni aldash imkoni yo‘q – u butun tananing o‘ziga xosliklarini tahlil qilib, shu asosda xulosa chiqaradi.
Yurishni tanish texnologiyasidan hozirning o‘zida bir qator mayda jinoyatlarning oldini olishda (masalan, avtomobil yo‘lini belgilanmagan joylarda kesib o‘tish kabi) va olomon orasidan qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni aniqlashda foydalanilmoqda. Yaqin vaqt ichida yangi tizim umummilliy kuzatuv tizimiga qo‘shilishi kutilayapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi