23:39 / 25.11.2018
5 610

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda?
Speedtest Global Index kompaniyasi internet tezligi bo‘yicha mamlakatlar reytingini yangiladi. Kompaniya 2018 yil oktyabr oyi uchun ma’lumotlarni o‘z saytida e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 110-chi, optik tolali internet tezligi bo‘yicha esa 112-chi o‘rinlarni band etdi.

Reyting mualliflari hisobiga ko‘ra, mobil internet bo‘yicha Tojikistonni oxirgi 124-o‘ringa o‘tkazishdi. Afg‘oniston esa 123-o‘rinda.

Markaziy Osiyo davlatlaridan mobil internet tezligi bo‘yicha Qozog‘iston 74, Qirg‘iziston – 94-o‘rinda.

Rossiya esa 80-o‘rindan joy oldi.

Reytingning birinchi o‘rindagi qatorlarni Norvegiya, Islandiya va Singapur egallab oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda?