AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi sabab, Amerika tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan "iPhone" smartfonlari va noutbuklarga 10 foizlik boj joriy etilishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp "The Wall Street Journal" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvaridan boshlab AQShda Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan 10 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan bojlar joriy etiladi va bu chorani kechiktirish ehtimoli juda ham kam. Trampning ta’kidlashicha, 10 foizlik bojga amerikalik iste’molchilar “juda oson” bardosh beradi.
AQSh prezidentining ta’kidlashicha, agar tomonlar “Xitoy rahbariyati o‘z mamlakatini AQSh bilan raqobat uchun ochib”, barcha to‘siqlarni bekor qilishni nazarda tutadigan kelishuvga erisha olsalar, Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan bojlar bekor qilinishi mumkin.
Avvalroq, "Alibaba" asoschisi Jek Ma AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi 20 yilgacha cho‘zilishi va butun dunyo uchun muammoga aylanishi mumkinligi haqida fikr bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”