17:56 / 30.11.2018
5 934

"Humo" to‘lov tizimi 2019 yil boshidan ishga tushadi

"Humo" to‘lov tizimi 2019 yil boshidan ishga tushadi
O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi – "Humo" 2019 yil yanvar-fevral oylarida ishga tushadi. Bu haqda 30 noyabr kuni Markaziy bank (MB) raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov O‘zbekiston bank sektoriga bag‘ishlangan "Taraqqiyot tamoyillari" teleko‘rsatuvida ma’lum qildi.

Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, MB yangi to‘lov tizimi uchun mustaqil ravishda terminallar hamda bankomatlarni sotib oladi.

"Biz tijorat banklariga yangi terminallar va bankomatlar sotib olishni yuklamaslikka qaror qildik. Markaziy bankning o‘zi terminallarni sotib oladi hamda yangi plastik kartalarni beradi. Shuningdek, yangi terminallar VISA va Master Card kabi xalqaro kartalarni ham qabul qiladi. Bundan tashqari, UzCard to‘lov terminallarida ham "Humo" plastik kartalari ishlaydi. Hech qanday muammolar bo‘lmasligi kerak", deydi Timur Ishmetov.

Qayd etish joizki, 29 noyabr kuni humocard.uz domeni O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan. "Humo" to‘lov tizimining rasmiy sayti aynan mana shu sayt bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, sentyabr oyining oxirida O‘zbekiston prezidenti mamlakatda Milliy protsessing markazini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekkandi. Ushbu qarorga yangi to‘lov tizimini yaratish ham kiritilgandi.

Mazkur qaror UzCard to‘lov tizimida joriy yilning 15 sentyabrida yuzaga kelgan texnik nosozliklardan so‘ng qabul qilingan. Oldinroq, Markaziy bank yangi milliy to‘lov tizimining nomini aniqlash bo‘yicha tanlov e’lon qilgandi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra, yangi to‘lov tizimi "Humo" deb nomlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Humo" to‘lov tizimi 2019 yil boshidan ishga tushadi