
Isroilning Sirin Labs kompaniyasi dunyodagi birinchi blokcheyn-smartfonni chiqardi. Gadjet Finney deb nomlandi. Yangi mahsulotning narxi 999 dollarni tashkil etdi.
Qurilmani rasmiy veb-saytdan xarid qilish mumkin, 2019 yil yanvaridan esa u Amazon’da sotuvda paydo bo‘ladi.
Finney kriptovalyutani uzoq muddatli saqlash va u bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun hamyon hamda muloqot uchun oddiy telefon sifatida ishlaydi. U egalari ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash uchun ma’lumotlarning tarqatma bazasidan foydalanadi.

Foto: Sirin Labs
Qurilma Android’ning o‘zgartirilgan versiyasi hisoblangan SirinOS operatsion tizimi asosida ishlaydi. Yangi tizim qurilma egalari ma’lumotlari xavfsizligi muammosini hal qiladi. Ishlab chiqarish bilan Tayvanning Foxconn firmasi shug‘ullanadi.

Caption

Foto: Sirin Labs
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar