17:31 / 03.12.2018
3 542

“Odnoklassniki” kontent yaratuvchilari uchun platformani va o‘zining serialini taqdim etdi

“Odnoklassniki” kontent yaratuvchilari uchun platformani va o‘zining serialini taqdim etdi
“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i OK Update taqdimotida 2014 yilda ishga tushirilganidan beri amalga oshgan eng yirik va keng ko‘lamdagi videoservis yangilanishini taqdim etdi, professional va yarim professional kontent yaratuvchilari uchun yangi platforma - ijodiy studiya shular qatoriga kirdi. Yilning oxirigacha barcha foydalanuvchilar va mualliflar yangilanishning katta qismidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, taqdimotda OK o‘z seriali haqidagi dastlabki tafsilotlarni yoritib berdi.

Yangi videovitrina

Bugungi kunda Odnoklassniki – Rossiyadagi eng yirik videoplatformalaridan biridir. Yaqinda OK videolarining tomosha qilinishi bo‘yicha rekordni yangiladi – har sutkada ijtimoiy tarmoqdagi videoroliklar va translyatsiyalar 690 million marta tomosha qilinadi. OK videovitrinasi keng ko‘lamda yangilandi, endilikda ijtimoiy tarmoqda qiziqarli filmlar, seriallar, translyatsiyalar va videoroliklarni izlash yanada qulaylashdi.

OKning veb –versiyasidagi «Video» xizmati onlayn-kinoteatr tamoyiliga asosan tashkil etiladi: filmlar, seriallar va shou kataloglarida batafsil ta’riflar va epizodlar ro‘yxati aks ettirilgan loyiha kartochkalari paydo bo‘ladi. Shu xizmat tufayli foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqdagi professional videokontentdan foydalanish qulayroq bo‘ladi, mualliflar esa qiziqayotgan tomoshabinlarga ega bo‘ladilar. Yangi vitrinada videoni qidirish va tomosha qilish uchun ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish shart emas: OK anonim rejimda foydalanuvchilar uchun barcha boblarni ochib berdi. Yilning oxirigacha yangi video vitrinadan barcha foydalanuvchilar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kontent yaratuvchilari uchun yangi platforma

Videokontent yaratayotganlar va chop etayotganlar uchun, OKda yangi platforma – ijodiy studiya paydo bo‘ladi. Ushbu studiya orqali ijtimoiy tarmoqdagi barcha video yaratuvchilari o‘z kontentlarini interaktiv mexanikalar bilan boyitishlari mumkin: ovoz berish, savol-javob o‘yini, klik qilinadigan qisqa sharhlar. OK ijodiy studiyani ijtimoiy tarmoq hamkorlarining talabiga binoan ochdi, bir oy ichida esa ushbu xizmatga barcha foydalanuvchilar ega bo‘lishlari mumkin, jumladan, iOS va Android ilovalarida ham bunday imkoniyat bo‘ladi.

Ovoz berish. Video va to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar bo‘yicha bir necha javob variantlariga, jumladan ochiq variantga ega savol javob o‘tkazish imkoniyatini yaratadi. Masalan, brendlar yangi mahsulotlari haqida iste’molchilarning fikrini bilib olishlari, shou va serial ijodkorlari esa, muxlislar nimani ko‘proq afzal ko‘rishlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.

Savol-javob o‘yini. Endi video mualliflari OKda, boshqa qo‘shimcha ilovalardan va dasturlardan foydalanmagan holda o‘z videolarining ichida tanlovlar o‘tkazishlari mumkin. OK viktorinasi foydalanuvchiga jonli efir paytida savollarga javob berish imnoniyatini yaratadi. Masalan, futbol matchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiri paytida futbol ishqibozlari orasida savol-javob o‘yinini o‘tkazish mumkin yoki ijtimoiy tarmoqda intellektual shouni o‘tkazish mumkin. Efir tugagandan so‘ng translyatsiya ijodkorlari sovg‘alar topshirish maqsadida bog‘lanish uchun g‘oliblar ro‘yxatini olishlari mumkin.

Qisqa sharhlar. Yangi interaktiv qisqa sharhlar videolar yordamida guruhni, ijtimoiy tarmoqdagi e’lonni, tovar yoki boshqa videoni ilgari surish imkoniyatini beradi. Bu funksiya nafaqat kontentni ilgari surish, balki savdo uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, internet-do‘konlar video ichiga e’lon joylashtirishlari mumkin, ushbu e’lon orqali foydalanuvchi OKdagi do‘kon guruhidagi tovar kartochkasiga o‘tishi mumkin va shu bilan birgalikda mini-pleyerda videoni tomosha qilishni davom ettiraveradi.
Bundan tashqari, ijodiy studiyada yana bir necha foydali funksiyalar mavjud, ular orasida video uchun matn tahrirchisi. Bu prodakshnning qulay instrumenti bo‘lib, uning yordamida video yoki translyatsiyaga istalgan shriftda va rangda matn kiritish mumkin: masalan, mantli satrga ega yangilik roliklari.

Kontentning samaradorligini kuzatish uchun OK barcha guruhlar uchun video statistikasiga kirish imkoniyatini ochib beradi. Statistika orqali, masalan, tomoshabinlarning geografiyasini va ijtimoiy-demografik kesimini aniqlash, har bir alohida video yoki kanal bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Bir hafta davomida OKning barcha uyushmalari statistikadan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Yangi OK Live va jonli efirga qo‘ng‘iroq qilish

Shuningdek, OK OK Live to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlari uchun o‘zining yangi mobil ilovasining versiyasini taqdim etdi. Ilova yangi dizaynga va translyatsiyaga bir yoki ikkita mehmonni bog‘lash uchun jonli efirga qo‘ng‘iroq qilish funksiyasiga ega bo‘ladi. Qo‘ng‘iroqlar yordamida efirga tomoshabinlarni yoki ekspertlarni ulash, ularni sodir bo‘layotganlarga jalb etish va translyatsiyaning hammualliflariga aylantirish mumkin. Yaqin oylar davomida jonli efirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati nafaqat “OK Live”da, balki OKning veb-versiyasida ham mavjud bo‘ladi.

Mualliflarni qo‘llab-quvvatlash: yangi donatlar tizimi

OKdagi translyatsiyalar mualliflari yangi donatlar tizimi yordamida o‘z tomoshabinlarining qo‘llab-quvvatlashlariga ega bo‘lishlari mumkin, bu barcha platformalarda ishlaydi: veb-versiyada va OK ilovalarida, hamda OK Live ilovasida. Translyatsiyaga sovg‘a tugmasini qo‘shish mumkin, bu orqali tomoshabinlarni muallifni qo‘llab-quvvatlashga chorlash mumkin. Professional translyatsiyalar ijodkorlari yangi xizmatdan ijtimoiy aksiyalar va telemarafon bichimidagi efirlarni o‘tkazish uchun foydalanishlari mumkin. Donatlar tizimi bir oy ichida Okning barcha platformalarida paydo bo‘ladi.

O‘zining seriali

“OK Update”da Odnoklassniki o‘z kontentlarining kengaytirishlari to‘g‘risida e’lon qildi: ijtimoiy tarmoq komediya janridagi serialni suratga olishni rejalashtirmoqda. Sitkomning ishchi nomi – «Pyat s plyusom» (Besh plyus). Buning uchun OK ijodiy guruhni jalb qildi, ushbu guruh ssenariyni ishlab chiqdi.

Serial rejisserligiga «Fizruk» (TNT), «Gostinitsa «Rossiya» (Pervыy kanal), «Fransuzskaya kulinariya» (Rossiya 1) va boshqa seriallar ustida ishlash orqali mashhur bo‘lgan Sergey Sensov taklif etildi.

Serial syujeti Moskva shahrining markazida joylashgan katta xonadonda istiqomat qiluvchi insonlarning o‘zaro munosabatlari atrofida qurilgan. Syujet markazida – Olga va Anton, ular to‘y harakatida va xonadonidagi xonalarni tanishlariga ijaraga berish haqida qaror qabul qilganlar. O‘z xonadonlariga ijaraga o‘tiruvchilarni ko‘chirib keltirib, o‘zlarini oilaviy hayotga tayyorgarligini tekshirish borasida chinakam stress-test bilan ta’minladilar: ekstremal turmush tarzi, yopishqoq do‘stlar, rashk va hattoki yosh bola.

Serialni 2019 yilning boshida suratga olish rejalashtirilmoqda.

Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining «Lenta», «Video» va OK Live mahsulotlari bo‘yicha direktor:

Videoplatforma rivojlanishining yangi konsepsiyasida, biz uchta tarkibiy qismga muhim ahamiyat qaratamiz: tomoshabinlar bilan interaktiv o‘zaro munosabat, o‘z kontentimizni kengaytirish va mualliflar uchun monetizatsiya imkoniyatini yaratish. Shuni ko‘rib turibmizki, foydalanuvchilar onlaynda professional video va sifatli rasmlarni tomosha qilishni yoqtiradilar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar esa, ham ko‘rish chuqurligi, hamda auditoriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord o‘rnatyapti. Shu bilan birga seriyali professional va yarim professional bichimdagi kontentlarga kuchliroq jalb qilinmoqda. Bugun taqdim etilgan OK videoplatformasining yangilanishi mualliflarga auditoriya bilan yangicha tarzda o‘zaro munosabat qurish, foydalanuvchilarga esa, ijtimoiy tarmoqda o‘zlari uchun ko‘proq qiziqarli va sifatli videolarni izlab topish imkonini beradi. Bizning rejalarimizda – professional kontentni yaratish va taqsimlash bo‘yicha Rossiyadagi bosh onlayn-maydonchaga aylanishdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Odnoklassniki” kontent yaratuvchilari uchun platformani va o‘zining serialini taqdim etdi