
2018 yil oxirigacha internetga kirish imkoniga ega odamlar soni 3,9 mlrd kishiga yoki sayyoramiz aholisining 51,2 foiziga yetadi. Bu haqda Xalqaro elektr aloqa ittifoqi xabarida maʼlum qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
“2018 yil oxiriga kelib internet foydalanuvchilar sonining 50 foizlik sarhadidan oʻtamiz. Bu kengroq global axboriy jamiyatga yoʻldagi muhim qadamdir”, deb aytgan ittifoq bosh kotibi Xoulin Chjao.
Chjaoning aytishicha, bunday koʻrsatkichlarga qaramay, “dunyoda raqamli iqtisodiyot ustunligidan foydalanishni kutayotgan odamlar hali ham juda koʻpdir”. Uning taʼkidlashicha, 2018 yilga kelib Afrika davlatlarida 13 yil ichida internetga kirish imkoniga ega odamlar ulushi 2005 yildagi 2,1 foizdan 24,4 foizga oʻsgan. Bu davr ichida rivojlangan davlatlarda internet-foydalanuvchilar ulushi 51,3 foizdan 80,9 foizgacha, rivojlanayotgan davlatlarda esa 7,7 foizdan 45,3 foizgacha oʻsgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar