3 904
Toshkentda simsiz internetdan foydalanish nuqtalari soni 5 mingtaga yetkazilishi kutilmoqda
2019 yilning bahoriga qadar Toshkentda simsiz internet(Wi-Fi)dan foydalanish nuqtalari soni 5 mingtaga yetkazilishi kutilmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, hozir poytaxtda bunday nuqtalarning umumiy soni 1200 ta.
Vazirlik kelgusida Toshkent Markaziy Osiyoda internetdan foydalanishning umumshahar miqyosida simsiz va keng polosali tarmog‘iga ega birinchi shahar bo‘lishini ma’lum qilgan.
Internetdan simsiz foydalanish tarmog‘i loyihasi SOLA brendi ostida "Asia Wireless Group" kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Tizim tarmoqqa pulli va bepul ulanishni taklif etadi. Bepul kirish reklama roligini ko‘rib chiqishdan keyin taqdim etiladi. Tizim orqali Toshkent shahri aholisi va mehmonlari provayderning qamrovi doirasida istalgan vaqtda va istalgan joyda internetdan foydalanishlari mumkin.
"Asia Wireless Group" kompaniyasi kelgusida Toshkentda Wi-Fi shahar tarmog‘ini kengaytirish va Jizzax, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Navoiy, Urganch va Qarshida 45 mingdan ortiq kirish nuqtalarini o‘rnatishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi