4 584
Beeline Oʻzbekistonda Yandeks.Musiqa xizmati bilan oʻnlab million qoʻshiqlar uchun cheksiz trafik taqdim etadi
Beeline Yandeks.Musiqa xalqaro musiqa xizmati bilan hamkorlik loyihasini ishga tushirgani haqida eʼlon qiladi.
Faqatgina Beeline abonentlari uchun maxsus bonusli obuna narxi va Yandeks.Musiqa xizmatiga cheksiz trafik beriladi, unda 40 milliondan ziyod qoʻshiq mavjud. Bu degani, Yandeks.Musiqa xizmati orqali musiqa tinglagan Beeline abonentlari internet-trafikni paketlardan va Internet-balansdan sarflamaydilar.
Xizmatga kunlik 499 soʻmlik obuna boʻlish turli imkoniyatlarni ochib beradi: reklamasiz qoʻshiqlarni cheksiz tinglash, aqlli tavsiyalar olish, kayfiyat va janr boʻyicha ijro roʻyxatlarini tanlash, shuningdek, smartfondagi kontentni yuklab olish va hatto oflayn rejimda ham musiqa tinglash mumkin.
Oylik obuna narxi 14 999 soʻmni tashkil etadi va har qanday tarif rejasida xizmatdan foydalanish mumkin.
Birinchi marotaba ulanganda, maxsus “sinov” davri amal qiladi (joriy kunning soʻngiga qadar), shu vaqt ichida abonentlar Yandeks.Musiqaning obunaviy imkoniyatlarining toʻliq versiyasi bilan bepul foydalanib koʻrishalari mumkin. Beelineʻning avvaldan toʻlov tizimidagi abonentlari oʻzlarining mobil hisoblaridan xizmatga haq toʻlash imkoniyatiga egadirlar.
“Internetdan foydalanuvchilar soni barqaror oʻsib borayotganini koʻrib turibmiz, bu Oʻzbekistondagi Beelineʻning umumiy strategiyasiga katta taʼsir koʻrsatdi. Endilikda biz birinchi raqamli mobil internet operatori sifatida oʻz pozitsiyamizni mustahkamlashga harakat qilmoqdamiz. Aytish joizki, xizmatni ishga tushirishdan oldin katta miqdordagi qoʻshma faoliyat amalga oshirildi, masalan, xalqaro xizmatga yuklangan oʻzbek musiqasining yirik kutubxonasi buning yana bir tasdigʻidir. Ishonchim komil, mahsulot sifatli musiqa ixlosmandlari orasida talabga ega boʻladi va mazkur loyiha mamlakatimizdagi kontentni rivojlantirish va onlayn xizmatlar tarixida yangi sahifasini ochadi”.– dedi beeline Uzbekistan tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar boʻyicha direktori Oraz Abdurazakov.
“Yandeks.Musiqa yaqindagina Oʻzbekistonda ishga tushirildi va biz mamlakatda musiqa tinglash uchun eng qulay xizmatga aylanish niyatidamiz. Shuning uchun biz Beeline abonentlari musiqani trafik sarflamasdan tinglashlari mumkinligi va obuna uchun hisoblaridan mablagʻ toʻlash imkoniyati borligidan mamnunmiz. Ishonchim komilki, ikkala imkoniyat ham katta talabga ega boʻladi va xizmatdan foydalanishni yanada osonlashtiradi”, – dedi “Yandeks.Musiqa”ning xalqaro rivojlanish boʻyicha rahbari Amir Biktimirov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi