O‘zbekistonda magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlari kengaytiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Xususan, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda “O‘zbektelekom” AK magistral telekommunikatsiya tarmog‘i o‘tkazuvchanligini viloyat markazlarigacha 100 Gbit/s dan 400 Gbit/s gacha, tuman markazlarigacha 10 Gbit/s dan 100 Gbit/s gacha oshirish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, mobil aloqa tarmog‘i kengaytiriladi. Bu borada amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bunda mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 1050 ta GSM baza stansiyalari o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, keng polosali ma’lumotlar uzatish tarmoqlari rivojlantiriladi - amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda: 620 000 portli ma’lumotlar uzatish qurilmalari o‘rnatiladi; loyihani amalga oshirish natijasida aholiga (Triple play) Internet, IP va video telefoniya, IPTV, VPN va boshqa turdagi zamonaviy xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlari kengaytiriladi
Optik tolali aloqa liniyalari ham quriladi. Bu bo‘yicha ishlab chiqiladigan amaliy chora-tadbirlarda: 2 000 km optik tolali aloqa liniyalarini quriladi; loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish imkoniyati kengaytiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi