
Bu ixtiro mahsuliga «Padrone Ring» deya nom berildi. Uskuna «Bluetooth» orqali ishlaydi va akkumlyatori bir marta elektr tokiga to‘yintirilsa, kun bo‘yi to‘xtamasdan ishlay oladi.
Uzuk shaklidagi kompyuter sichqonchasi, shubhasiz, barmoqqa taqiladi. Maxsus o‘tkazgichlar yordamida harakatlarni sodir etadi. Masalan, uzuk taqilgan barmoqni stolga qo‘yib, chap yoki aksil tarafga bursangiz, funksiyalar ado etila boshlanadi.
Uzuk ko‘rinishidagi bu sichqonchaning afzallik tarafi shundaki, uni barmoqdan yechmay bemalol qo‘l yuvaverasiz. Uskuna suv o‘tkazmaydi.
«Padrone Ring» ni ixtirochilar Los-Anjelesda o‘tadigan «Consumer Electronics Show» ko‘rgazmasida keng omma e’tiboriga havola etishadi. Ko‘rgazma shu yilning 9-12 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Uzuk shaklidagi sichqonchaning narxi 200 dollar miqdorida belgilangan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar