date

Beeline minimal abonent stajiga ega boʻlganlarga ham $10 miqdorigacha “Ishonchli toʻlov”ni taqdim etmoqda

Beeline minimal abonent stajiga ega bo‘lganlarga ham $10 miqdorigacha “Ishonchli to‘lov”ni taqdim etmoqda

Beeline Ishonchli to‘lovning taqdim etilishi shartlari yaxshilanganligi haqida xabar beradi. Endi avvaldan to‘lov tizimi abonentlari Beeline tarmog‘iga qo‘shilgan kunning ertasidan boshlab mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin. Xizmat ham uy tarmog‘ida, ham roumingda amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Ishonchli to‘lov” – bu o‘z vaqtida hisobni to‘ldirish imkoni bo‘lmaganda ham aloqada qolishning yana bir yo‘li. “Ishonchli to‘lov” xizmati abonentlarga qarzga muloqot qilish imkonini beradi. Beeline mijozi so‘roviga binoan kelgusi to‘lov uchun unga mablag‘ taqdim etiladi, shunday qilib abonent aloqadan foydalanishni davom ettirishi mumkin.

Xizmatni yoqtirish uchun o‘z raqamingizdan *141# USSD-kodni terish lozim. Abonenentning aloqa xizmatlariga so‘ngi uch oy davomida sarflagan o‘rtacha mablag‘idan kelib chiqqan holda, hisob $0,45 dan $10 gacha to‘ldiriladi.

“Ishonchli to‘lov” uch kunga taqdim etiladi, undan so‘ng mablag‘ avtomatik tarzda hisobdan echilib olinadi. Xizmat Status Gold/Status Gold Online, Status Platinum/Status Platinum Online va Status Platinum 4G tarif rejasi abonentlariga taqdim etilmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Beeline minimal abonent stajiga ega boʻlganlarga ham $10 miqdorigacha “Ishonchli toʻlov”ni taqdim etmoqda