
Foto: “Korrespondent.net”
2019 yilning kuzida sotuvga chiqarilishi kutilayotgan boʻlgʻusi iPhone 11 modeli uch obyektivli kvadrat kamera moduliga ega boʻlishi kutilmoqda.
iPhone 11 haqidagi mish-mishlar oldin ham mavjud edi, ammo yaqinda maʼlumot Xitoy yetkazib berish sohasidagi manba tomonidan tasdiqlandi.
Ushbu modul Huawei Mate 20 ga oʻxshash boʻlishi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, uchtalik kamera iPhone XS va iPhone XS Max versiyalarida ham qoʻllaniladi. Ammo, gap katta sigʻimli ichki xotiraga ega boʻlgan flagmanlar haqida ketmoqda.
Onleaks vizualizatsiyasida linzalar va vspishka orqa panelning boʻrtib chiqqan qismida nosimmetrik tarzda joylashtirilgan. Shunga qaramasdan, linzalarning aniq joylashuvi hali maʼlum emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar