Xiaomi Redmi Note 7 va Redmi Note 7 Proʻga nisbatan kichik versiya boʻlgan Redmi 7 arzon smartfonini taqdim etdi. Modelning narxi 100 dollardan boshlanadi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.
Redmi 7 oldingi Redmi 6ʻga qaraganda sezilarli darajada katta ekranga ega boʻldi. Smartfon HD+ (720×1520 piksel) kenglikka ega 6,26 dyuymlik displey, 12+2 Mp.lik ikkita asosiy kamera va 8 Mp.lik frontal kamera, orqa panelda barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan. Akkumulyator 4000 mAs hajmga ega.
Uskuna asosiga sakkiz yadroli Snapdragon 632 protsessori, 2, 3 yoki 4 GB operativ va 16, 32 yoki 64 GB ichki flesh xotira aylandi. Ikkita SIM-karta, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 b/g/n), Bluetooth 5.0, GPS + GLONASS, FM-radio, IK-port, quloqchinlar uchun 3,5-mm razyem bilan jihozlangan.
Oʻlchovlar 158,65×76,43×8,47 mm, ogʻirligi esa - 180 grammni tashkil etadi. Ish MIUI 10 qobigʻiga ega Android 9 Pie operatsion tizimi ostida amalga oshiriladi.
Xiaomi Redmi 7 koʻk, qizil va qora ranglarda 2+16 GB uchun 104 dollar, 3+32 GB uchun 119 dollar va 4+64 GB uchun 148 dollarlik narxda taqdim etiladi. Xitoyda sotuvlar 2019 yil 26 martda boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi