Telegram messenjeri foydalanuvchilari endi xususiy suhbatlarda ham oʻzlarida, ham suhbatdoshlarida barcha xabarlarni oʻchira oladilar. Bu haqda messenjer ishlab chiquvchisi Pavel Durov maʼlum qildi.
Endi foydalanuvchilar suhbatlarda joʻnatilgan barcha xabarlarni oʻchirish imkoniga ega boʻldilar.
“Xabarni kim, qachon joʻnatgani ahamiyatga ega emas – siz uni toʻliq nazorat qila olasiz. Agar istasangiz, ikkala tomondan ham butun suhbatni oʻchira olasiz”, deb yozgan Durov.
Avval foydalanuvchilar oxirgi 48 soat davomida joʻnatilgan xabarlarnigina oʻchira olishgan. Endi bu cheklovlar bekor qilindi. Bundan tashqari, Telegram maxfiy chatlar deb ataluvchi chatlarni toʻliq oʻchirishga ruxsat beradi.
Shuningdek, messenjerda maxfiylik imkoniyatlari kengaytirildi – endi foydalanuvchilar oʻz xabarlari uchinchi kishilarga joʻnatilishi holatida ismlari va suratlarini yashira oladilar.
Durovning fikricha, yangi imkoniyatlar foydalanuvchilarga oʻz maʼlumotlari ustidan samarali nazoratni oʻrnatishni taʼminlaydi. Uning taʼkidlashicha, eski yozishmalar uning muallifiga qarshi oʻnlab yillar keyin qarshi qoʻllanishi mumkin edi, chunki maʼlumotlar suhbatdosh tomonida saqlanib qolardi va unga taʼsir qilib boʻlmasdi.
Shuningdek, Telegram jamoasida baʼzi foydalanuvchilar xabarlarni oʻchirish imkoniyatini suiisteʼmol qila boshlashlari mumkinligini anglashlari, biroq maxfiylik va maʼlumotlar nazorati ahamiyatliroq ekani taʼkidlab oʻtilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi