Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq ham o‘z kriptovalyutasini ishlab chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endilikda The Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga tayangan holda bu ma’lumotni tasdiqlagani haqida Terabayt.uz nashri xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur loyiha Project Libra deb nomlangan va uning ustida ish boshlanganiga bir yildan oshgan. Facebook o‘z to‘lov tizimi uchun «steyblkoin» nomli kriptovalyutani qo‘llamoqchi va boshqalaridan farqli tarzda, uning kursi oddiy valyutaga bog‘langan bo‘ladi. Natijada uning qiymati ham boshqa kriptovalyutalarga nisbatan barqaror bo‘ladi.
Steyblkoin barqarorligini esa investitsiyalar ta’minlashi ko‘zda tutilgan: Facebook bu loyihaga taxminan 1 milliard dollar mablag‘ kiritmoqchi. Kompaniya allaqachon Visa, Mastercard hamda First Data to‘lov operatori bilan muzokaralar olib bormoqda.
Xo‘sh, kriptovalyuta Facebook’ka nega kerak bo‘lib qoldi? Gap shundaki, kompaniya to‘lovlarda ushbu kripto-pullarni qabul qilishlari uchun savdo maydonchalari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda. Bunda mazkur to‘lov tizimidan foydalanganliklari uchun sotuvchilar odatdagi 2–3 foizdan ko‘ra kamroq komissiya haqi to‘laydilar.
Shu bilan birga, Facebook’ning faol foydalanuvchilarini ham kriptovalyuta bilan rag‘bailantirish ko‘zda tutilgan. Masalan, ijtimoiy tarmoqdagi reklamalarni ko‘rganingiz, unda xaridlar amalga oshirganingiz uchun steyblkoin olishingiz mumkin bo‘ladi.
Ammo mazkur tizimning qachon ishga tushirilishi hozircha aniq emas, Facebook bu boradagi rejalarini sir tutmoqda. Kompaniyaning blokcheyn-loyihalar uchun mas’ul bo‘limi vakili mazkur ma’lumotni izohlashdan bosh tortgan va: «Ko‘plab boshqa kompaniyalar kabi, Facebook ham blokcheyn texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishning turli usullarini o‘rganmoqda», degan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi