“Alibaba” 2014 yilning eng omadli internet kompaniyalari qatoriga kirdi

Ortda qolgan 2014 yil internet kompaniyalarining omad hamda muvaffaqiyatsizliklariga boy bo‘ldi, Bu haqda gazeta.ru'ga asoslanib kun.uz . Ularning eng muhimlari quyidagilar:
Muvaffaqiyatga erishgan uch kompaniya
- “Alibaba Group Holding Inc.” uchun ortda qolgan yil muvaffaqiyatlarga boy bo‘ldi. Xitoyning eng yirik internet-do‘koni o‘z aksiyalarini ilk bor Nyu-York fond birjasida sotuvga qo‘yib, 25 mlrd dollar miqdordagi rekord summani ishlab oldi. Buning natijasida “Alibaba” bosh rahbari Jek Ma 21,9 mlrd dollar davlati bilan Xitoyning eng boy kishisiga aylandi. Kompaniya kapitalizasiyasi esa 231,4 mlrd dollarga ko‘tarildi.
- Eng yirik ijtimoiy tarmoq bo‘lgan “Facebook” o‘z foydalanuvchilarining sonini 1,35 milliardga etkazdi hamda 2014 yilning uchinchi choragidagi sof foydasi 806 mln dollarni tashkil etdi. “Facebook” mobil ilovalarga jiddiy e’tibor berdi va bu uning reklamadan topadigan daromadining 66 foizini tashkil etdi.
- Amerikaning “Netflix” striming servisi foydalanuvchilari soni 53 milliondan oshdi va u umumiy hisobda 5,46 mlrd dollar ishlab oldi. Bundan tashqari, kompaniya Xitoy va bir necha Evropa davlatlari bozoriga chiqmoqchi.
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan uch kompaniya
- “Twitter” ijtimoiy tarmog‘ida uchun ortda qolgan yil omadsiz yil bo‘ldi. Mikroblogning bugungi kundagi qarzi 1,8 milliardni tashkil qiladi. 2014 yilning 3-choragidagi zarari 175,46 millionni tashkil etadi. “Vine” va “Twitter Music” ham doimiy auditoriyaga ega bo‘la olmadi.
- Dekabr oyida “Google” kompaniyasini bir necha antimonopoliya qonunini buzganlikda ayblashgan edi. Noyabr oyi oxirida Evroparlament “Google” qidiruv tizimini kompaniyaning boshqa servislaridan alohida qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi.
Bundan tashqari Evrokomissiya ham tekshiruv ishlari olib bordi. Ular kompaniyani “Android” operasion tizimi servisi qonunchiligini buzishda ayblashdi.
- Noyarb oyi oxirida “Sony Pictures” kompaniyasi serveriga noma’lum xakerlar hujum qilishdi va kompaniyaning 10Tb shaxsiy hujjatlarini o‘g‘irlashdi. Xakerlar qo‘liga “Sony” xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari ham tushgan. Bu hujumni Janubiy Koreya xakerlari qo‘li borligi aniqlangan. Ular “Intervyu” komediyasi uchun qasos olishgan deya baholandi.
Natijada kompaniya aksiyalari 5 foizga tushdi. Mutaxassislar kompaniya zararini 100 mln dollar deya baholashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing