3 235
Uzcard va YuNISTRIM hamkorlikda pul o‘tkazmasini amalga oshiruvchi yangi xizmat turini taqdim etdi
Uzcard kartalari hamda Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalari YuNISTRIM xalqaro tizim orqali pul o‘tkazmalarini qabul qiladi.
Shu kunlarda YuNISTRIM xalqaro pul o‘tkazmasi tizimini O‘zbekiston Respublikasida joriy etilishiga doir kelishuvga erishildi. Unga binoan, Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga Rossiya Federatsiyasi hamda MDH davlatlaridan pul o‘tkazmasini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
YuNISTRIM tizimi orqali xalqaro miqyosda pul o‘tkazmasini amalga oshirish xizmatining qulayliklari quyidagilar:
- Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga bir zumda pul o‘tkazmasini amalga oshirish mumkin;
- Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga komission to‘lovlarsiz pul o‘tkazmasini amalga oshirish mumkin;
- YuNISTRIM xalqaro tiziminig xizmatlari bank va savdo shahobchalarida onlayn-tartibda mijozlar e’tiboriga havola etiladi.
“Uzcard va YuNISTRIM o‘rtasida hamkorlikka erishilgani, karta egalari uchun onlayn-tartibda pul o‘tkazmalarini qabul qilish imkoniyatini yaratdi. Endilikda, pul o‘tkazmasini qabul qilish uchun bankga borish ehtiyoji qolmadi. Pul mablag‘ini yuboruvchi shaxs Uzcard kartasining raqamini va egasining ism, sharifini bilishi kifoya. Dollar, yevro va rubl pul birliklarini yuborish jarayoni komission to‘lovlarsiz amalga oshiriladi hamda avtomatik ravishda so‘m pul birligimizga konvertatsiya qilinadi”, – deb ta’kidlaydi YaUPM Bosh direktora Maxmudov Axror.
YuNISTRIM xalqaro pul o‘tkazmasi tizimi 2001 yildan boshlab o‘z faoliyatini olib boradi va Rossiya Federatsiyasida yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. YuNISTRIM tizimi orqali onlayn-tartibda hamda mobil ilova orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bugungi kunga kelib, 300 dan ortiq bank hamda chakana savdo tarmoqlari ushbu tizim xizmatlarini mijozlarga havola etib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi