Ma'lumotlar uzatishning zamonaviy texnologiyalarini faol joriy etish, keng polosali ulanishning optik tarmoqlarini rivojlantirish va mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Xitoy davlat taraqqiyot bankidan 5 yil muddatga 40 million dollar miqdorida qarz oladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, ushbu mablag‘lar investitsiya loyihalari doirasida «O‘zbektelekom» AK tomonidan tuziladigan, texnologik uskunalar, dasturiy ta'minot hamda xizmatlar ko‘rsatishni yetkazib berish uchun import shartnomalari qiymatining 100 foizini to‘lashga sarflanadi.
Xitoy davlat taraqqiyot banki kreditini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, foizlar, komissiyalar va ular bo‘yicha boshqa xarajatlar «O‘zbektelekom» AKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatda «5G texnologiyasini joriy etish istiqboli bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish», «Ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish» hamda «Internetga keng polosali ulanish bo‘yicha simsiz texnologiyalarni joriy etish» kabi loyihalar ham nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi