11:42 / 26.08.2019
2 785

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 2019-yilgi kirish imtihonlari qanday bo’lib o’tdi?

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 2019-yilgi kirish imtihonlari qanday bo’lib o’tdi?
Ishtirokchilarning ota-onalari kirish imtihoni jarayoni haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdilar.

Lenta.uz korrespondentlari imtihon bo‘lib o‘tayotgan Toshkent shahridagi Inha Universitetiga tashrif buyurib, kirish imtihoni jarayoni shaffof va xolis darajada bo‘layotganini ko‘rib , tasvirga olib va ota-onalari bilan fikr-mulohazalar almashishdi. Quyida shu imtihonda qatnashgan o‘quvchilikka nomzodlarning ota-onalari bilan suhbatimizni keltirib o‘tamiz:

“IT-maktab farzandimizning orzusi bo‘lgani uchun shu maktabga hujjat topshirdik. Bu yerdagi shart-sharoitlar yuqori darajada. Barcha ota-ona bolasi shunday yaxshi sharoitlarda o‘qishini, o‘ziga ishonch bilan kelajagini qurishini xohlaydi. Mana bugun kirish imtihoni jarayonida qatnashayotganimdan va bu yerda onlayn tarzda farzandimni test ishlayotganini salqin xonalarda va qulay o‘rindiqlarda kuzatib o‘tirayotganimdan bag’oyat xursandman”,-dedi onalardan biri.
Keyingi ota-onamiz esa mamnuniyat ila o‘z fikrlarini izhor qildilar:

“Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabidan juda ham ko‘p narsalarni kutyabman. Kecha bo‘lib o‘tgan konsultatsiya va bugungi imtihon jarayonlari shaffof va xolisligini ko‘rib xursand bo‘ldim. Bu yerdagi zamonaviy texnologiyalar va yaratilgan qulay sharoitlarni ko‘rib, kelgusida bu maktabda o‘qitish tizimi yuqori saviyada bo‘lishiga ishonaman.”

Nafaqat ota-onalar buva va buvilar ham o‘z nabiralarini qo‘llab-quvvatlash uchun kutish zalida o‘tirishgan ekan. Buvilardan biri iliq taassurotlari bilan bo‘lishdilar:
“Mening nabiram ingliz tili va matematika faniga judayam qiziqqani uchun shu maktabda o‘z yo‘nalishini topib ketsin deb olib keldik. To‘g’risini aytsam, kirish imtihoni sharoiti yuqori darajada bo‘ladi deb o‘ylamagan edim. Bu yerda barcha zamonaviy texnologiya vositalari mavjud: katta monitorlar, toza va salqin kutish zallari. Bunday sharoitlar o‘quvchilarni diqqatlarini bir yerga to‘plab, testni yaxshi ishlab chiqishlari uchun qulayliklar yaratilgan. Bunday maktablar ochilganidan behad xursandman va minnatdorman. ”

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 2019-yilgi kirish imtihonlari qanday bo’lib o’tdi?