Iphone ko‘plab foydalanuvchilar uchun orzudagi smartfon bo‘lib, uni o‘g‘irlashdan hech qanday ma’no yo‘q. Buni esa Apple do‘konidan 300 ming dollardan ko‘proq summaga smartfonlarni o‘margan o‘g‘rilar isbotlashdi.
Ubergizmo portalining xabar qilishicha, bu voqea Avstraliyaning Pert shahrida yuz bergan. iPhone’larni o‘g‘rilashga kuch va vaqt sarflagan o‘g‘rilar, ko‘rinishicha, Apple’da keskin xavfsizlik choralari mavjudligidan bexabar bo‘lganlar.
O‘g‘rilik sodir etilgani ma’lum bo‘lishi bilanoq kompaniya o‘g‘irlangan qurilmalarni bloklagan va ularni yaroqsiz holga keltirgan. O‘marilgan gadjetlarni endi faqat ehtiyot qismlarga sotish mumkin, biroq bu bir necha marotaba arzonga aylanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar smartfonlarni qora bozorda sotib olib, yaroqsiz qurilmani xarid qilish xavfi ostida qoladilar. Chunki qurilmaning avvalgi egasi uni internet orqali bloklab qo‘yishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi