Aloqa xavfsizligi nuqtai nazaridan Telegramda foydalaniladigan dasturiy ta’minot WhatsApp kommunikatsiyalaridan ko‘ra xavfsizroq. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning raqamli va texnologik rivojlanish bo‘yicha maxsus vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Albatta, WhatsApp va Telegramdan foydalanishni tanlashda aloqa xavfsizligi nuqtai nazaridan Telegeram maqbul variant», dedi janob Peskov. Uning o‘zi ikkala messenjerdan ham foydalanadi.
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Maxsus vakili mutlaqo xavfsiz aloqa vositalari mavjud emasligini aytdi. «Biz kvant messenjerini yaratmagunimizcha, xavfsiz vositalar yo‘q», dedi janob Peskov.
Rossiya hukumati amaldorlari uchun kvant texnologiyalariga asoslangan bunday messenjerlarni yaratish masalasi muhokama qilinayaptimi degan savolga maxsus vakil: "Agar biz buning real imkoniyatini topa olsak, albatta, biz buni amalga oshiramiz. Ammo hozircha bu juda uzun bir hikoya» dedi.
Raqamli va texnologik rivojlanish bo‘yicha maxsus vakilning ushbu bayonoti 16 centyabr kungi MXAning sobiq agenti Snoudenning WhatsApp va Telegramning xavsizligi borasidagi shubhalari fonida tarqaldi. Eslatib o‘tamiz, rasmiy Moskva Telegram messenjerini bloklagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»