20:08 / 24.09.2019
3 029

ICTWEEK haftaligi doirasida mukofot jamg‘armasi qariyb 200 ming dollarlik tanlov o‘tkaziladi

ICTWEEK haftaligi doirasida mukofot jamg‘armasi qariyb 200 ming dollarlik tanlov o‘tkaziladi
Bugun, 24 sentyabr kuni, «ICTWEEK Uzbekistan – 2019» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi. 24-27 sentyabr kunlari Toshkent va Farg‘ona shaharlarida o‘tkaziladigan ushbu tadbirda xalqaro AKT kompaniyalari ishtiroki, ko‘rgazmalar tashkillashtirish kutilyapti. Shuningdek, turli yo‘nalishlarda tanlovlar ham o‘tkaziladi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov bu haqida batafsil axborot berdi.

«ICTWEEK haftaligi doirasida bir qator tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, DIGITAL UZBEKISTAN forumi, «Innovatsion texnologiyalar va ShHTning innovatsion rivojlanishi» forumi, «Softline Cybersecurity Day» konferensiyasi, ACER matbuot anjumani hamda boshqalar. Ular orasidan «Mgov Award» konferensiyasi – eng yaxshi mobil ilovalarni yaratish tanlovini alohida aytib o‘tish kerak. O‘zbekistonda birinchi marta BAA hamkorligida davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha dasturchilar o‘rtasida bellashuv o‘tkaziladi.

Tanlovning maqsadi – yoshlarning IT sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir. G‘oliblarni faqat taqdirlash bilan kifoyalanmaymiz, balki ularning ishlanmalarini davlat tashkilotlariga realizatsiya qilish choralari ham ko‘riladi. Mobil ilovalar sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm, tadbirkorlik, transport va logistika yo‘nalishlarini qamrab oladi. Musobaqaga 26 sentyabr kuni «O‘zekspomarkaz» MKMda rasmiy start beriladi», - dedi Olimjon Umarov.

Umarovning so‘zlariga ko‘ra, tanlovning mukofot jamg‘armasi 170 million AQSh dollarini tashkil etadi. Birinchi o‘rin 100 ming, ikkinchi o‘rin 50 ming, uchinchi o‘rin 20 ming AQSh dollari bilan mukofotlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » ICTWEEK haftaligi doirasida mukofot jamg‘armasi qariyb 200 ming dollarlik tanlov o‘tkaziladi