18:03 / 14.10.2019
2 322

Xitoy internetda senzurani kuchaytirmoqda

Xitoy internetda senzurani kuchaytirmoqda
Foto: «Shutterstock.com»
Xitoy hukumati yangi loyihani sinayapti, xabarlarga ko‘ra, bu internetdagi senzurani ancha yuqori bosqichga ko‘taradi.
850 milliondan ortiq xitoyliklar internetga kirishda avval yuzlarini kameraga tutib olishlariga to‘g‘ri keladi.

Telekommunikatsiya kompaniyalaridan o‘z mijozlarining yuzlarini skanerlash talab qilinadi. Bu yangi telefon sotib olib, internetga kirishda avtorizatsiya uchun kerak. Hukumat telekom-kompaniyalar zimmasiga yuklayotgan bu narsa — senzuraning bir turi, deyishmoqda G‘arb jurnalistlari.

Xitoy bir narsaga kirishdimi — paysalga solib o‘tirmaydi: yuzni skanerlash orqali internetga kirish amaliyoti 2019 yilning 1 dekabridan kuchga kiradi.

Ammo mamlakat Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi yangilik «fuqarolarning kibermuhitdagi huquqlarini himoyalash hamda ularni internet va mobil telefonlar orqali bo‘layotgan firibgarliklardan muhofazalash» maqsadida amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Vazirlik, shuningdek, sim-kartalarni birovlarga berishni ham taqiqlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy internetda senzurani kuchaytirmoqda