Avvalroq yuz dollardan ham arzon Redmi 8A, keyin esa «Avtonomlik bo‘yicha chempion» – Redmi 8 smartfonlarini taqdim etgan Xiaomi kishilarning ularga qiziqishini oshirishda davom etmoqda. Jumladan, kuni kecha kompaniya Weibo tarmog‘i orqali bu ikki arzon modelning ilgari aytilmagan bir funksiyasini e’lon qildi.
Redmi 8 hamda 8A modellariga joriy etilgan ushbu funksiya «changni tovush yordamida tozalash» deb atalgan. Bu – ko‘pincha smartfonlarning dinamigiga o‘tirib qoladigan chang va kirdan xalos bo‘lishning bir usulidir.
Bu turdagi «tozalash» smartfonning o‘zi tomonidan maxsus tovush yangratish orqali amalga oshiriladi. Tozalovchi tovush dinamikni 30 soniya mobaynida maksimal amplitudada titrashga majbur qiladi. Natijada dinamik shikastlarsiz, o‘ziga yopishgan g‘uborlarni «qoqib tashlab» tozalanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”