16:53 / 08.11.2019
5 662

O‘zbekistonda Xitoy raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

O‘zbekistonda Xitoy raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi
Navoiy viloyatidagi “Qulquduq” havo-yer harbiy poligonida Xitoyda ishlab chiqarilgan FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi zenit-raketa majmualari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, sinov “Musaffo osmon” taktik-o‘quv mashg‘uloti davomida o‘tkazilgan va O‘zbekiston havo sarhadlari ishonchli qo‘llarda ekanini yaqqol isbotlangan.

Ta’kidlanishicha, jangovar shay holatga keltirilgan zenit-raketa majmualari ishga tushirilgan. Dastlab, harbiy aviatsiya orqali yaqin masofadagi nishon havoga qo‘yib yuborilgan. Havodagi jism haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarga tayangan holda raketa jangovar holatda otilgan. Nishon qisqa vaqt ichida bexato urib tushirilgan.

Shundan so‘ng, uzoq masofadagi nishonlarni urib tushirishga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi o‘z “ish”ini boshlagan. Havoga shartli dushman – uchuvchisiz uchish apparati uchirilgan.

Shaxsiy tarkib boshqaruv va qo‘mondonlik punktida uzoq masofadagi nishonning oraliq masofasi, harakati va tezligini aniqlab, kuzatuvga olgan. So‘ngra yuqori qo‘mondonlikning “Nishon yo‘q qilinsin!” buyrug‘iga binoan havo-yer raketasi jangovar otish holatida nishon tomonga yo‘nalish olgan.

“Sanoqli soniyalarda shartli dushman uchish apparati butkul zararsizlantirildi. Qo‘yilgan jangovar vazifa a’lo darajada bajarildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Mudofaa vazirligi FD-2000 rusumli raketalarni ilk bor sinovdan o‘tkazishi haqida xabar qilgan edik. FD-2000 (boshqa nomi HQ-9) - Xitoyda ishlab chiqariladigan zenit raketa majmuasi bo‘lib, u katta maydonlar havo hujumida himoya qilish uchun xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda Xitoy raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi