06:33 / 18.11.2019
6 783

Ko‘zi ojiz ixtirochi ko‘zi ojizlar uchun Google xaritadan foydalanadigan aqlli hassa ixtiro qildi

Ko‘zi ojiz ixtirochi ko‘zi ojizlar uchun Google xaritadan foydalanadigan aqlli hassa ixtiro qildi
Ushbu elektron hassa ko‘r odamlarning bemalol o‘zlari yura olishiga yo‘l ochib bermoqda, deya xabar bermoqda Moon Child.

«WeWalk» nomli aqlli hassa odamlarni osilgan narsalar va to‘siqlardan himoya qilish vositasi sifatida ultrasonik sensorlardan foydalanadi, ya’ni ushbu qurilma tebranish orqali yaqin atrofdagi to‘siqlar haqida o‘z xo‘jayinini ogohlantiradi.

Unga maxsus kamera o‘rnatilgan bo‘lib, kamerani oson boshqarish uchun smartfonning Bluetooth tizimi bilan bog‘lash mumkin. U Voice Assistant va Google Maps dasturiy ta’minoti bilan birlashtirilganligi sababli, yaqin atrofdagi do‘konlar va infratuzilma tafsilotlarini foydalanuvchiga yetkazish uchun dinamiklardan foydalanishi mumkin.

«WeWalk» bosh direktori va mutaxasisi Kursat Jeylanning aytishicha, u zamonaviy texnologiyalarni ko‘zi ojizlar uchun vosita sifatida ishlatish istagidan kelib chiqqan holda hassani rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan.

«Ko‘zi ojiz odam sifatida, men metro stansiyasida bo‘lganimda, qaysi yo‘ldan chiqishimni bilmayman... qaysi avtobus yaqinlashayotganini ham bilmayman... yoki atrofimdagi do‘konlardan bexabar bo‘laman. Bunday ma’lumotni esa ''WeWalk'' orqali olish mumkin.»

Hozirda «WeWalk» 500 dollarga sotilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar hozirda bir-biriga raqobatni kuchaytirar ekan, ishlab chiqaruvchilar navigatsiya qobiliyatlarini yanada yaxshilash uchun uni haydovchilar va transport xizmatlari bilan birlashtirishga umid qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ko‘zi ojiz ixtirochi ko‘zi ojizlar uchun Google xaritadan foydalanadigan aqlli hassa ixtiro qildi