Foto: jalantikus.com
Ayni kunlarda mobil qurilmalarining IMEI-kodini roʻyxatdan oʻtkazish masalasi keng muhokama qilinmoqda. Har bir fuqaro uchun muhim boʻlgan ushbu tizim haqida koʻplab savollar yuzaga kelmoqda. Shuni eʼtiborga olib, AKT vazirligi IMEI-kod eng koʻp berilayotgan dolzarb savollarga yana bir bor oydinlik kiritdi. Bu hamma bilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar, chunki IMEI-kodlarni bepul roʻyxatdan oʻtkazish uchun berilgan muddat tugadi.
1. IMEI-kod kim tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi?
IMEI-kod mobil qurilmani Oʻzbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Demak bundan koʻrinib turibdiki, mobil qurilmani sotib olayotgan fuqaro roʻyxatdan oʻtkazishi shart emas. Ushbu qurilmaning roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmaganligini bilish uchun:
1) UZIMEI rasmiy veb-sayti orqali;
2) 1170 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali;
3) USSD *1170# yoki SMS 1170 soʻrovlari yordamida bilib olishingiz mumkin.
Agar siz sotib olayotgan mobil qurilma roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsa bilingki, bu qurilma Oʻzbekiston hududiga noqonuniy olib kirilgan boʻlishi mumkin, ushbu maʼlumot asosida siz huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin. IMEI-kod mobil qurilmani Oʻzbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi belgilangan.
2. IMEI-kod nima?
Mobil qurilmaning 15 xonalik seriya raqami IMEI-kod deyiladi. IMEI-kod SIM-kartalar ishlashini taʼminlovchi barcha mobil qurilmalarda mavjud boʻlib, SIM-kartaning har bir slotiga alohida beriladi. Agar mobil qurilmada SIM-kartalarning ikki yoki undan koʻp slotlari mavjud boʻlsa, ushbu mobil qurilma ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlarga ham ega boʻladi.
Demak, agar sizda ikkita SIM-karta bilan ishlaydigan mobil qurilmangiz boʻlsa, ikkita IMEI-kod olishingiz lozim boʻladi.
3. IMEI-kod nimaga kerak?
- Mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlarini tekshirish orqali sifatsiz, inson sogʻligʻiga zarar keltiradigan va respublika hududiga noqonuniy yoʻl bilan olib kirilgan qurilmalar savdosining oldini olish uchun;
- mobil qurilma yoʻqolib qolgan yoki oʻgʻirlangan holatda uning qidiruv ishlarini tezkor amalga oshirish uchun;
- mobil gadjetlarni qoʻllagan holda sodir etiladigan jinoyatlarni samarali va tezkor fosh etish uchun;
- soliq va bojxona tizimida korrupsiya xavfini qisqartirish uchun.
4. Qurilmaning IMEI-kodini qayerdan bilish mumkin?
IMEI-kod qurilmaning klaviaturasida *#06# buyrugʻini terish orqali bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu kod qurilmani qutisida, kafolat kartasida va ayrim qurilmalarning batareyasi ostida yozilgan boʻladi.
5. Qachon roʻyxatdan oʻtkazish kerak?
Qurilma orqali birinchi tarmoq hodisasi sodir etilgandan soʻng (yaʼni birinchi marta SIM-karta qoʻyilganidan keyin) 30 kun ichida IMEI-kodi roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Hozirda foydalanilayotgan mobil qurilmalarning IMEI-kodi 1-noyabrgacha avtomatik roʻyxatdan oʻtkazilgan (tekshirib koʻrishingiz mumkin).
Demak, mobil qurilmalar tizim operatoriga murojaat qilish orqali:
- 1-noyabrdan 1-dekabrgacha – bepul edi;
- 1-dekabrdan – toʻlov asosida roʻyxatga olinadi.
Sotib olingan, ammo shu kungacha ishlatilmagan (yangi) mobil qurilmalar taqdiri nima boʻladi?
Unday qurilmalarni, afsuski, jismoniy shaxslar endi roʻyxatdan oʻtkaza olmaydilar. Yuridik shaxslar esa tizim operatoriga murojaat asosida, kerakli hujjatlarni taqdim etgandan soʻng, bunday qurilmalarni roʻyxatdan oʻtkazishlari mumkin.
IMEI-kod qancha toʻlov evaziga roʻyxatdan oʻtkaziladi?
bitta IMEI-kodi uchun BHMdan foiz hisobida:
import qiluvchi uchun – 20% (44 600 soʻm)
ishlab chiqaruvchi uchun – 10% (22 300 soʻm)
jismoniy shaxs (rezident) uchun birinchi tarmoq hodisasidan boshlab:
30 kun ichida – 20% (44 600 soʻm)
30 kun oʻtgandan keyin – 25% (55 750 soʻm)
jismoniy shaxs (norezident) uchun:
chet el SIM-kartasidan (roumingdan) foydalanilganda – bepul
mahalliy SIM-kartadan 30 kun ichida foydalanilganda – bepul
mahalliy SIM-kartadan 30 oʻtgandan keyin foydalanilganda – 20% (44 600 soʻm)
6. Tizim operatoriga qanday murojaat qilinadi?
Buning 5 ta yoʻli bor:
1) uzimei.uz sayti orqali
2) my.gov.uz sayti orqali
3) 1170 raqamiga SMS yuborish orqali
4) *1170# ga USSD soʻrov yuborish orqali
5) Pochta aloqa boʻlimiga yoki tizim operatoriga (Sebzor, 18-A manziliga) shaxsan borish orqali
7. SIM-kartani oʻzgartirganda, IMEI-kodni qayta roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi?
Yoʻq. IMEI-kod 1 marotaba UZIMEI tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi. SIM-karta oʻzgartirilganda IMEI-kodni qayta roʻyxatdan oʻtkazish talab qilinmaydi.
8. IMEI-kod kim tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi?
IMEI-kod mobil qurilmani Oʻzbekiston hududiga olib kirgan yuridik yo jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
9. IMEI-kodning holatini qanday tekshirsa boʻladi?
1) UZIMEI rasmiy veb-sayti orqali;
2) 1170 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali;
3) USSD *1170# yoki SMS 1170 soʻrovlari yordamida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi