4 689
“Rejalarimizdan biri - plastik kartalardan voz kechish” — Dekabr oxirida HUMOPay ishga tushirilishi kutilmoqda
Bugun, 3 dekabr kuni, Ground Zero markazida HUMO va Mastercard toʻlov tizimlari hamkorligida amalga oshirilgan qulay toʻlov shakli haqida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhratbek Qurbonov HUMO toʻlov tizimiga oid yangiliklar, qilingan ishlar yuzasidan maʼlumot taqdim etdi.
«HUMO toʻlov tizimi joriy yilning may oyida ishga tushirildi. 7 oy ichida nimalarga erishdik?
Banklar bilan hamkorlikda butun respublika boʻylab 170 mingdan ortiq terminallarni ishga tushirdik. 2,2 milliondan ortiq HUMO kontaktsiz kartalari orqali toʻlovlarni osongina amalga oshirish mumkin. Mingdan ortiq bankomatlar ishlayapti. Ularning soni yana oshiriladi. Yetti oy mobaynida tizimda 2,5 trln soʻm pul mablagʻi aylanmasi amalga oshirildi. HUMO bankomatlari orqali Visa, Mastercard xalqaro kartalaridan naqd pul olish imkoniyati yaratildi.
Kelajakdagi rejalarimizdan biri - plastik kartalardan voz kechishdir. Dekabr oyi oxirida HUMOPay tizimini ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Qoʻlingizdagi telefon orqali toʻlovlarni onlayn amalga oshiringiz mumkin boʻladi. Keyingi rejalarimizdan biri plastik karta oʻrniga maxsus stikerlarni naqdsiz toʻlov vositasiga aylantirishdir. Siz bu stikerni doim yoningizda olib yuradigan buyumlarga, masalan, telefon, qoʻl soati, hamyonga yopishtirishingiz mumkin boʻladi. Plastik kartani yoʻqotib qoʻyish xavotiri boʻlmaydi».
Qurbonovning qoʻshimcha qilishicha, bolalar uchun plastik karta orqali toʻlov amalga oshirish bir qancha noqulaylik olib keladi: yoʻqotib qoʻyish, bexosdan sinib qolish holatlari boʻlishi mumkin. Shuni hisobga olib, plastik karta oʻrniga maxsus aqlli soat, bilaguzuklardan toʻlov vositasi sifatida foydalanishni yaqin orada ishga tushirish koʻzda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”