Foto: Inversi
Manchesterlik olimlar insonlar o‘z hayotini smartfonlardagi moviy nurlanishdan himoya qilishi lozimligini ta’kidladi. Tadqiqot Manchester universiteti rasmiy saytida e’lon qilingan.
Mutaxasislar rangli nurlanishning inson organizmiga ta’sirini sichqonlarda tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirdi. Smartfonlar displeyi tungi rejimda sozlanadigan sariq rang spektri odamlar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi aniqlandi. Olimlar yorqin iliq ranglar kunduzgi vaqt bilan assotsiatsiyalanib biologik soatlarni chalkashtirishini payqagan.
Tadqiqotda oqartirilgan moviy rang sutkaning tungi vaqtida zaif sariq rangdan ko‘ra odatiyroq.
«Sichqonlarda telefon yo‘q, lekin ilmiy nuqtai nazardan ushbu holat odamlarga ham shunday ta’sir qiladi», — deydi ilmiy ish mualliflaridan biri doktor Tim Braun.
Olimlar smartfonlarda moviy rangni kamaytirib sariqni ko‘paytiradigan tungi rejim insonga foyda emas, aksincha zarar keltirishi mumkin. Tadqiqotchilar smartfon ishlab chiqaruvchilarining maslahatlarini eng to‘g‘ri qoida deb qabul qilmaslik va iOS hamda Android tizimlarida Night Shift va Dark Mode rejimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”