Foto: «Ridus»
«Space.com» portali 2020 yil uchun rejalashtirilgan kosmik missiyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
2020 yilda Yevropa kosmik agentligi (YEKA) «Solar Orbiter» apparatini Quyosh tomon uchirmoqchi. Yo‘ldosh Quyosh orbitasiga 0,284 astronomik birlik masofasida, ya’ni Merkuriy sayyorasidan ham yaqinroq boradi.
Yana bir nechta avtomat stansiya Marsga uchiriladi, xususan, bular orasida Roskosmos va YEKAning «EkzoMars-2020», NASAning «Mars-2020», shuningdek, Xitoy, Yaponiya va BAAning loyihalari bor. Bularning barchasi iyul va avgust oylariga mo‘ljallangan.
2020 yilda Hindiston yengil sinfdagi SSLV raketa-tashuvchilarini birinchi marta sinovdan o‘tkazadi, Xitoy esa Oyga borib-qaytuvchi «Chan’e-5» missiyasini mo‘ljallamoqda.
AQSH Xalqaro kosmik stansiyaga astronavtlarini o‘z raketalarida olib borishni rejalashtirgan: «Boeing» hamda «SpaceX» kompaniyalari («Starliner» hamda «Crew Dragon» kemalari) ana shu missiyaga bel bog‘lagan.
Qolaversa, 2020 yilda «Virgin Galactic» hamda «Blue Origin» kompaniyalari sayyohlar uchun kosmik marshrutlarni ham nihoyat ishga tushirishga ahd qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi