10:09 / 04.01.2020
3 380

Samsung ikkita yangi smartfon taqdim qildi

Samsung ikkita yangi smartfon taqdim qildi
Samsung kompaniyasi ikkita yangi smartfoni - Galaxy S10 Lite va Note10 Lite’ni taqdim qildi.

Galaxy S10 Lite
Galaxy S10 Lite uchta – 12 Mpli ultrakeng burchakli, 48 Mpli standart va 5 Mpli makroob’ektivli kameralardan iborat asosiy kamera oldi.

Smartfon displeyining yuqori qismida 32 Mpli old kamera joylashgan. Qurilma Snapdragon 855 protsessorida ishlaydi, 6 yoki 8 Gbli tezkor xotira va 128 Gbli asosiy xotira bilan jihozlanadi.

Galaxy Note10 Lite smartfoni S Pen elektron perosi bilan ishlay oladi. Qurilmaning tezkor va asosiy xotirasi S10 Lite’niki kabi, biroq u Samsung ishlab chiqqan Exynos 9810 protsessorida ishlaydi.

Galaxy Note10 Lite
Qurilmaning asosiy kamerasi 12 Mpli standart, keng burchakli va telezum-ob’ektivli kameralardan tashkil topgan. Old kamera sifati 32 Mpni tashkil qiladi.

Ikkala smartfon ham FullHD+ sifatiga ega 6,7-dyuymli ekran bilan jihozlangan.
Qurilmalar yanvar o‘rtalaridan Galaxy S10 Lite uchun 725 dollar, Note10 Lite uchun esa 550 dollar narx bilan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung ikkita yangi smartfon taqdim qildi