Britaniyaning Expanscape kompaniyasi 7 ta ekranga ega dunyodagi ilk noutbukni taqdim etdi. Aurora 7 deb nomlangan gadjet professionallar uchun mo‘ljallangan, deb xabar berdi Somag News nashri.
Noutbukning asosiy ekraniga yana beshta displey biriktirilgan bo‘lib, 7-ekran noutbuk klaviaturasi tagida joylashgan. 4 ta ekran 17,3 dyuym o‘lcham va 4K sifatga, qolgan 3 ta ekran esa 7 dyuym o‘lcham va Full HD sifatga ega.
Qurilmaning batafsil texnik ko‘rsatkichlari va narxi ma’lum qilinmagan. Ta’kidlanishicha, yangi gadjet 4 yadroli Intel i7 protsessorida ishlaydi va 64 Gbayt tezkor xotiraga ega.
Qurilmani ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, gadjet ustida hali ishlanmoqda va yaqin orada uning sotuvga mo‘ljallangan tayyor varianti chiqariladi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, bunday kompyuter dasturchilar, kiberxavfsizlik va boshqa sohalardagi mutaxassislar uchun zarur hisoblanadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”