06:30 / 31.01.2020
3 584

Kanadada ishlab chiqilgan ekzoskelet Ginness rekordlar kitobiga kiritildi (video)

Kanadada ishlab chiqilgan ekzoskelet Ginness rekordlar kitobiga kiritildi (video)
Kanadaning Vankuverida yashovchi Jonatan Tippet yaratgan, balandligi 3,96 metr keluvchi ekzoskelet dunyodagi eng katta ekzoskelet sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
Prosthesis (Protez) deb nomlangan qurilmaning uzunligi 5,1 metrni, eni 5,5 metrni tashkil qiladi. Konstruksiya og‘irligi 1,5 tonnadan ko‘proq bo‘lib, uni ishlab chiqarish uchun aerokosmik sanoatda qo‘llanadigan xromlangan po‘lat quvurlardan foydalanilgan.

Tippet ekzoskeletni yaratish uchun 13 yil, jumladan uni yig‘ish uchun bir yil vaqt sarflagan.

Mexanizm inson tomonidan boshqarilib, ikkita elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Qurilmani masofadan boshqarish ko‘zda tutilmagan. Ekzoskelet o‘lchamlari unga yo‘lsizlik sharoitida bemalol harakatlanish va 5 tonnagacha yuklarni tashish imkonini beradi.

Tippet o‘z ixtirosini dastlabki prototip deb atamoqda va uning yengilroq hamda kichikroq o‘lchamdagi harakatchanroq versiyasini yaratmoqchi.
Ekzoskeletlar inson mushaklari kuchini oshirish, yo‘qotilgan funksiyalarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan qurilma hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kanadada ishlab chiqilgan ekzoskelet Ginness rekordlar kitobiga kiritildi (video)