
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida petitsiya e’lon qilindi. Bu xususda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Murojaatda jismoniy va yuridik shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI raqamlarini ro‘yxatga olish uchun aholidan undiriladigan to‘lovlarni bekor qilish va ro‘yxatga olishni yanada soddalashtirish tartibini joriy etish so‘ralgan.
«Chunki, hozirgi globallashuv davrida aholini qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha to‘lov va ovoragarchiliklarni bartaraf etish muhim, deb hisoblayman», – deyiladi petitsiyada.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishda to‘lovlarni bekor qilish so‘ralmoqda. Mana bu havola orqali «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalidagi tegishli sahifaga o‘tib va mazkur petitsiyani imzolab, bunga siz ham hissa qo‘shing! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar