15:30 / 23.03.2020
3 765

Xitoyda koronavirus robot yaratildi

Xitoyda koronavirus robot yaratildi
Xitoyning top universitetlari tadqiqotchilari koronavirus tarqalishida insonlar hayotini saqlab qola oladigan robot yaratdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.

Robot g‘ildirakli "oyoq" hamda qo‘llardan iborat bo‘lib, u ultratovushlarni hamda bemorning tana a’zolaridagi stetoskop yordamida eshitish mumkin bo‘lgan tovushlarni qabul qila oladi.

Bunday vazifalarni odatda shifokorlar shaxsan bajaradilar. Ammo kameralar bilan jihozlangan ushbu robot yordamida tibbiy xodimlar bemor bilan bir xonada bo‘lishlari shart emas va hatto boshqa shaharda ham bo‘lishi mumkin.

"Shifokorlar juda jasur. Ammo bu virus juda yuqumli... Biz eng xavfli ishlarni bajarish uchun robotlardan foydalanishimiz mumkin", - dedi robotning bosh dizayneri, Sinxua universiteti professori Chjen Ganti.

Chjen jamoasida hozircha ikkita robot bor. Ulardan biri Uxandagi Union Hospital shifoxonasida, ikkinchisi esa hamon universitet laboratoriyasida.

Biroq robot unchalik ham arzon turmaydi - tannarxining o‘zi $72 ming. Ixtirochi undan tijoriy foyda ko‘zlamaydi, biroq qaysidir kompaniya uni ko‘p miqdorda ishlab chiqarishidan umidvor.

Koronavirusga qarshi kurash uchun Xitoy hukumati Uxanga o‘n minglab shifokorlarni yuborgan edi. O‘tgan oyda ularning 3 mingdan ortig‘i bu virusni yuqtirib oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda koronavirus robot yaratildi