11:36 / 25.03.2020
5 618

Singapurda muslima olima besh daqiqada koronavirusni aniqlaydigan test ishlab chiqdi

Singapurda muslima olima besh daqiqada koronavirusni aniqlaydigan test ishlab chiqdi
Professor Djeki Yu. In
Singapur olimlari tomonidan koronavirusning yangi turini tashxislash uchun tezkor test ishlab chiqildi, deya Straits Times fan-texnologiya va tadqiqotlar agentligi professori Jekki Inga tayanib xabar berdi.

Yangi "Cepat" test tizimi virusning genetik moddasi borligini aniqlaydi va 5-10 daqiqada natijani beradi, deya ta’kidladi professor. Uning so‘zlariga ko‘ra, testdan ommaviy foydalanish uchun litsenziya bir oy ichida olinishi kerak.

Professor Jeki Yu.In, Singapurdagi Bioinjeneriya va nanotexnologiya institutining ijrochi direktori, AQSH Milliy ixtirochilar akademiyasining xodimi deb tan olindi. Professor olima 30 yoshdan keyin Islomni qabul qildi, shuningdek, 2015 yilda bionotexnologiya sohasidagi innovatsiyalar uchun 500 ming dollarlik Mustafo mukofotining birinchi g‘olibiga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Singapurda muslima olima besh daqiqada koronavirusni aniqlaydigan test ishlab chiqdi