16:10 / 06.04.2020
2 733

Tarmoqlarda iPhone 12 Pro’ning surati paydo bo‘ldi. Unga to‘rtta kamera o‘rnatiladi

Tarmoqlarda iPhone 12 Pro’ning surati paydo bo‘ldi. Unga to‘rtta kamera o‘rnatiladi
Foto: Somag News
Apple yangi smartfoni dizaynini butkul o‘zgartirish niyatida emasga o‘xshaydi. Tarmoqlarda paydo bo‘lgan iPhone 12’ning yangi surati xuddi 11 Pro kabi ko‘rinishga ega, faqat uchta kamera o‘rniga endi to‘rtta modul turibdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

iPhone 12 Pro’ning uchta asosiy kamerasi oldingi holatida qolgan — bu oddiy kamera, ultra keng burchakli va 2 karatli optik yaqinlashtirgichga ega telefoto. Bunga qo‘shimcha ravishda LiDAR yoki 3D kamera — ob’ektgacha bo‘lgan masofani yorug‘lik qaytishi tezligi yordamida aniqlashga mo‘ljallangan maxsus kamera bo‘lishi mumkin.

3D kamera yordamida esa smartfon biror binodagi istalgan buyumgacha bo‘lgan masofani va sahnalarning chuqurligini aniqlay oladi. Bu birinchi navbatda qo‘shimcha reallik uchun foydali, masalan, kamera shkaf yoki boshqa ob’ektni o‘lchaydigan «Ruletka»ga o‘xshash mobil dasturlarda kerak bo‘ladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Apple hamon iPhone 12 anonsining aniq bir muddatini belgilamagan. Odatda taqdimot sentabrda o‘tkaziladi, biroq koronavirus sabab kompaniya boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tarmoqlarda iPhone 12 Pro’ning surati paydo bo‘ldi. Unga to‘rtta kamera o‘rnatiladi