Foto: EverythingApplePro
Internetda tarqalgan smartfon chizmalari asosida 6,7 dyuymli yangi iPhone’ning surati paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Hi-Tech.Mail.ru.
Renderlar taniqli dizayner Maks Vaynbax hamda bloger EverythingApplePro tomonidan tayyorlandi.
Insayderning ta’kidlashicha, chizmalarga ko‘ra, iPhone 12 Pro Max tarixdagi eng katta iPhone’ga aylanadi. Ushbu chizmalar yakuniy emas, shu sababli ayrim detallarga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Foto: EverythingApplePro
Foto: EverythingApplePro
iPhone 12 Pro Max o‘zidan oldingi iPhone 11 Pro hamda qo‘shimcha LIDAR kameraga ega yangi iPad Pro’ning dizaynini o‘zida mujassamlashtirgan. Qurilma to‘rt ob’ektdan iborat massiv modulli kameralarga ega — 11 Pro’dagi uchta kameraga LIDAR (3D kamera) ham qo‘shilgan. Korpusning yon hoshiyalari ingichka va o‘tkir burchakli — iPhone 5’ni yodga soladi.
iPhone 12 Pro Max o‘lchamlari jihatidan 11 Pro Max’dan sezilardi darajada katta. Birinchi navbatda display o‘lchami 6,5 dyuymdan 6,7 dyuymga qadar oshgan. Shu bilan birga, Apple hoshiyalarni va yangi smartfondagi qriqimni kichraytirgan, bu esa korpusni ixchamlashtiradi.
Foto: EverythingApplePro
Joriy yilning kuzida Apple bir vaqtning o‘zida to‘rtta yangi iPhone taqdim etishi kerak — 5,4 dyuymli ekranga ega hamyonbop model, 6,1 dyuymga ega ikkita model hamda 6,7 dyuymli ulkan ekranga ega smartfon. Ularning barchasiga OLED displeylari o‘rnatiladi, biroq ular texnik jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Foto: EverythingApplePro
Yangi iPhone 12 narxi haqidagi ma’lumotlar hozircha yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»