Toshkent xalqaro aeroportida Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi KTEA – o‘pka kasalliklarini davolash uchun elektron apparatlardan iborat 4 jamlanmani kutib oldi.
Bu qurilmalar Uxan shahrida koronavirusning og‘ir ko‘rinishlarini davolashda yuqori samara bergan edi. Bu haqda Milliy palata matbuot xizmati xabar berdi.
Innovatsion qurilma O‘zbekistonga Milliy palata va Pekinning “Bei Jing Hong Tian Li Fhamaceutical Co.Ltd” kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yetkazib kelindi. Ulardan bemorlarni davolash uchun bepul foydalaniladi.
Xitoyning Hayot va sog‘liqni saqlash uyushmasi direktori o‘rinbosari Chen Xinpingning so‘zlariga ko‘ra, Bugungi kunda Pekin shahridagi aksariyat shifoxonalar ham KTEA qurilmalari bilan jihozlangan.
Xitoylik mutaxassislar bu qurilmadan foydalanish va davolash usullari to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu o‘zbekistonlik shifokorlarning innovatsion usuldan tezkor va samarali foydalanishida qo‘l keladi.
Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi raisi R.Izamovning ta’kidlashicha, “WeChat” ijtimoiy tarmog‘ida xitoylik mutaxassislar ishtirokida onlayn-konsultatsiyalar tashkil etib boriladi. Bu KTEA uskunasidan samarali foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatishga qo‘shimcha imkondir.
O‘zA “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»