Foto: TGStat
Telegram messenjeridan oylik foydalanuvchilar soni 400 million kishiga yetdi — bu 2019 yilga nisbatan 100 millionga ko‘p demakdir. Bu haqda kompaniya o‘z blogida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, odamlarning ommaviy ravishda masofadan turib ishlash va o‘qishga o‘tayotgani sabab messenjer 20 dan ortiq davlatlarda ijtimoiy tarmoqlar orasida eng ko‘p yuklanayotgan ilovaga aylangan.
2020 yilda Telegram guruh bo‘lib xavfsiz videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish xizmatini ishga tushirishga e’tibor qaratadi. Mazkur funksiya qachon taqdim etilishiga aniqlik kiritilmagan.
«O‘z-o‘zini izolyatsiyalash ishonchli videoaloqa xizmatiga ehtiyoj borligini ko‘rsatdi. 2020 yilda videoqo‘ng‘iroqlar xuddi 2013 yildagi xabar almashishga o‘xshaydi. Mobil ilova xavfsiz yoki foydalanishga qulay, biroq ikkala sifat bir vaqtning o‘zida yo‘q. Biz buni to‘g‘irlashga va 2020 yilda guruh bo‘lib xavfsiz videoqo‘ng‘iroq orqali muloqot qilishni ta’minlashga bor e’tiborimizni qaratmoqchimiz», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»