Skrinshot: YouTube
Volgograd tibbiyot ilmiy markazining abilitatsiya va reabilitatsiya laboratoriyasi olimlari COVID-19 infeksiyasidan himoyalanishga mo‘ljallangan «Venes-34» shlemini taqdim etdi. Bu haqda mahalliy nashrlardan biri V1 xabar berdi.
Mazkur qurilmani yaratish ustidagi ishlar 2019 yilning sentabrida boshlangan. Dastlab shlem mavsumiy allergiyadan aziyat chekuvchi insonlar uchun mo‘ljallangan. Koronavirus pandemiyasi tarqala boshlagach, olimlar shlemga qayta ishlov berib, uni infeksiyadan himoya qiluvchi qurilmaga aylantirgan.
Og‘irligi 1,5 kilogramm keluvchi shlemga xavfli materiallar kirishining oldini oluvchi filtr va ventilator o‘rnatilgan. Qo‘shimcha ravishda ingalyatsiya, havoni namlantirish va ultrabinafsha nur uchun modul o‘rnatish mumkin.
«Venes-34» narxi 1000 rublni (13 AQSH dollari) tashkil etmoqda. Shlemlarning birinchi partiyasi Volgograd shifokorlariga bepul tarqatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»