23:47 / 07.05.2020
4 116

Lukashenko Belarusda yaratilgan Tesla «qotili» bilan tanishdi (video)

Lukashenko Belarusda yaratilgan Tesla «qotili» bilan tanishdi (video)
Foto: Autorambler
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy Fanlar akademiyasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan elektrokarlar bilan tanishdi. Ko‘plab modellar orasidan «rodster» kuzovida yaratilgan ikki o‘rindiqli elektromobil ham o‘rin olgan bo‘lib, loyiha mualliflari uni Tesla’ga raqobatchi bo‘lishi mumkinligini aytmoqda, deb xabar beradi Autorambler.

Hozircha mazkur modelning faqatgina shassisi va kuzov eskizlari taqdim etilgan. Belarus avtomobil sanoatining mazkur yangiligi Tesla’ni dinamik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldirishi va’da qilinmoqda. Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, orqa uzatmali elektrokar soatiga 170 km/soat tezlikka qadar harakatlanishi mumkin. Mashina bir marta quvvatlanish orqali 270 kilometr masofani bosib o‘ta oladi.

Lukashenko elektrobus, elektrovelosipedlar, elektrosamokat va skuterlar kabi boshqa ixtirolar bilan ham tanishib, ularning dizaynini takomillashtirish bo‘yicha maslahatlar bergan va ayrim modellarni sinab ko‘rishni va’da qilgan.

Shuningdek, ko‘rgazmada «MAZ» elektrokari, muz quyish mashinasi, yana bir necha elektrokarlar prototipi, quvvatlantirish stansiyalari va kelajak modellar uchun akkumulatorlar namoyish etildi. Prezident mamlakatning muz arenalari uchun bir necha elektrotexnika nusxalarini buyurtma qilishini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidentining avtoparkidan Tesla S P100D modeli ham o‘rin olgan. Avvalroq Lukashenko ushbu avtomobilni Tesla rahbari Ilon Maskning shaxsan o‘zi sovg‘a qilganini bildirgandi. Amerikalik biznesmen esa o‘z navbatida ushbu bayonotni rad etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Lukashenko Belarusda yaratilgan Tesla «qotili» bilan tanishdi (video)