date

Rossiyada 1 oy quvvat olmasdan ishlaydigan smartfon sotila boshladi

Rossiyada 1 oy quvvat olmasdan ishlaydigan smartfon sotila boshladi

Rossiya do‘konlarida 34 kungacha quvvat olmasdan ishlaydigan Lenovo P70 smartfoni sotila boshladi, deya xabar berdi «Mail.ru». Shunga qaramay, smartfon o‘lchamlari qolgan qurilmalardan ko‘p farq qilmaydi.

Qurilma 5 dyuymli displey, 2 Gb tezkor va 16/32 Gb ichki xotira, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.

Uzoq vaqt avtonom ishlashga energiya tejash rejimi, shuningdek 4000 mA/s sig‘imiga ega kuchli akkumulyator hisobiga erishiladi.

Ayni paytda smartfonni 20 ming rublga xarid qilish mumkin.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiyada 1 oy quvvat olmasdan ishlaydigan smartfon sotila boshladi