06:30 / 04.06.2020
2 647

Yangi xit: Android’larda Xitoy dasturlarini o‘chirib tashlaydigan ilova ommalashmoqda

Yangi xit: Android’larda Xitoy dasturlarini o‘chirib tashlaydigan ilova ommalashmoqda
Foto: FactorDaily
May oyining o‘rtalarida Google Play do‘konida smartfondan xitoylik dasturchilar tomonidan yaratilgan ilovalarni tezda o‘chirib tashlashga mo‘ljallangan Remove China Apps paydo bo‘lgan edi. Ikki haftadan kamroq vaqt ichida mazkur dastur foydalanuvchilar orasida katta mashhurlikka erishdi, deb yozadi Android Authority.

Remove China Apps Xitoyda yaratilgan mobil ilovani aniqlaydi va uni qurilmadan o‘chirib tashlaydi. 2 iyun holatiga ko‘ra, ushbu dastur 5 million marotabadan ortiq yuklab olingan. Hindistonning OneTouch App Labs kompaniyasi dasturchilarining ta’kidlashicha, bu orqali ular biror ilovani o‘chirib tashlashga chaqirmaydi va o‘z mobil dasturini shunchaki ayrim ilovalar qaysi davlatda ishlab chiqarilganini aniqlash uchun yaratgan.

Foydalanuvchilarning e’tibor qilishicha, OneTouch App Labs’ning dasturi smartfondagi Xitoy ilovalarini doim ham to‘g‘ri aniqlay olmaydi. Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularning dasturi hozircha aniq bo‘lmagan ma’lumotlarni berishi mumkin. Masalan, u Xiaomi Mi Remote va TikTok’ni to‘g‘ri aniqlagan, biroq Xitoyning Tencent kompaniyasi tomonidan yaratilgagn Player Unknown’s Battlegrounds’ni topa olmagan. Shuningdek, Remove China Apps Xitoy smartfonlariga oldindan o‘rnatilgan dasturlar borasida foyda bermaydi.

Google ilovalar do‘koni siyosati yangi dasturning taqdirida muammo tug‘dirishi mumkin, chunki unda dasturlarning bir-birining ishiga aralashishi taqiqlanadi. Kelajakda Remove China Apps Google Play’dan o‘chirib yuborilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi xit: Android’larda Xitoy dasturlarini o‘chirib tashlaydigan ilova ommalashmoqda