06:30 / 11.06.2020
3 048

Rossiyada haydovchisiz boshqariladigan kombayn qanday ishlashi ko‘rsatildi (video)

Rossiyada haydovchisiz boshqariladigan kombayn qanday ishlashi ko‘rsatildi (video)
«Rostselmash» kompaniyasi TORUM nomli boshoqli o‘simliklarni o‘rishga mo‘ljallangan haydovchisiz boshqariluvchi kombaynning yangi videosi bilan bo‘lishdi.

Video orqali zamonaviy kombaynni qanday boshqarilayotganini ko‘rish mumkin. Hozircha mashina to‘liq avtonom emas, baribir tirik haydovchi kerak. U mazkur texnikani istalgan joydan turib (texnika radiusi doirasida) boshqaradi.

Haydovchi kerakli dasturiy ta’minotga ega maxsus planshet yordamida kombayn marshrutini belgilab oladi. Rolikdan ko‘rish mumkinki, mashina ob’ektlarni tanishga qodir kamera bilan jihozlangan — u haydovchini payqab, uni bosib ketishga yo‘l qo‘ymagan. «Rostselmash»ning ta’kidlashicha, mashinaning trayektoriyaga rioya qilish aniqligi 10 santimetga teng.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada haydovchisiz boshqariladigan kombayn qanday ishlashi ko‘rsatildi (video)