Foto: Reuters
Google korporatsiyatsiyasi yil oxiriga qadar foydalanuvchilarning alohida guruhiga ularning jinsiy mansubligi, yoshi, farzandlarga ega ekanligi, oilaviy ahvoli va pochta indeksiga ko‘ra, ma’lum bir reklamalarni targetlashni taqiqlash haqida qaror chiqardi.
Bu haqda Google’ning vitse-prezidentlaridan biri Skott Spenserning korporatsiya rasmiy saytida joylashtirilgan bayonotida aytilmoqda.
«Google’da reklama joylashtirish qoidalari foydalanuvchilar, reklamachilar va noshirlarni diskriminatsiya kabi noqonuniy harakatdan himoyalash uchun ishlab chiqiladi», — degan Spenser.
U korporatsiya 10 yildan buyon reklama agentliklariga o‘z mahsulotlarini irqiy, diniy mansublik, e’tiqodi va jismoniy nuqsonlariga ko‘ra joylashtirishni taqiqlab kelishini eslatgan. Google endi shu ro‘yxatni yanada kengaytirgan. «Yangi siyosat ish bilan ta’minlash, turarjoy va kreditlashni reklama qiluvchilar foydalanuvchilarning jinsiy mansubligi, yoshi, farzandlari bor-yo‘qligi, fuqarolik holati va pochta indeksiga qarab targetlash (mo‘ljallash) ni taqiqlaydi», — deya axborot bergan korporatsiya vitse-prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror AQSH va Kanada hududida 2020 yilning so‘ngiga qadar amalda bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi