Foto: Xiaomi
Xiaomi kompaniyasi Inncap Sonic Electric Toothbrush nomli yangi tish cho‘tkasini taqdim etdi. Mazkur qurilmani yaratish uchun Youpin kraudfanding platformasi orqali mablag‘ yig‘ilmoqda, deb xabar beradi Gizmochina.
Qurilma tishni tozalashda yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, daqiqasiga 19 ming marotaba vibratsiya beradi. Foydalanuvchilar bir necha ish rejimini tanlash imkoniyatiga ega.
Inncap Sonic Electric Toothbrush cho‘tkasi yuqori zichlikka ega va yumshoq materialdan tayyorlangan bo‘lib, milkning qonashi ehtimolligini kamaytiradi. Cho‘tkaning uch o‘lchamli boshi tish shakliga moslashadi, bu esa chuqur tozalashlarni amalga oshirish hamda bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan kirlardan qutulish imkonini beradi.
Tishni tozalovchi qurilma bir marta quvvatlanish orqali 120 daqiqa tinimsiz ishlay oladi. Agarda undan kuniga ikki mahal 2 daqiqadan foydalanilsa, akkumulatori bir oyga yetadi. Qurilmaning jamlanmasidan quvvatlantirish stansiyasi ham o‘rin olgan. Shuningdek, maxsus sayohat rejimi ham mavjud bo‘lib, chamadonda tasodifiy ishlab ketishining oldini olishga xizmat qiladi.
Foto: Xiaomi
Inncap Sonic Electric Toothbrush IPX7 standarti bo‘yicha himoyalangan. Uchta elektrocho‘tkadan iborat devays jamlanmasi 12 dollar turadi. Savdolar 2020 yilning 11 iyulidan boshlanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar