Roskomnadzor 2018 yil aprelda Telegram FXXga xabarlarni shifrdan chiqarish bo‘yicha ma’lumotni taqdim etishni rad etgani uchun messenjerni Rossiya hududida bloklashga kirishgandi.
Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish federal xizmati (Roskomnadzor) Telegram messenjerini bloklashni bekor qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
"Telegramm asoschisining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishga tayyorligi haqidagi so‘zlarini ijobiy baholaymiz. Roskomnadzor bosh prokuratura bilan kelishgan holda Telegramm messenjerini cheklash bo‘yicha talablarni olib tashladi", – deyiladi Roskomnadzor xabarida.
Roskomnadzor 2017 yil yozida Telegram messenjerini axborot tarqatish tashkilotchilari reyestriga kiritgandi. Xizmat 2018 yil aprelda Telegram FXXga xabarlarni shifrdan chiqarish bo‘yicha ma’lumotni taqdim etishni rad etgani uchun messenjerni Rossiya hududida bloklashga kirishgandi.
Garchi messenjerni bloklash ishlari samarali bo‘layotganligi aytilsa-da, Telegram shu kungacha qiyinchiliksiz ishlab kelayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi