Qozog‘iston Rossiyaning yana 4ta Mi-35 vertolyotini sotib olib, mashinalarning sonini 12 tagacha ko‘paytirdi. Avvalroq O‘zbekiston ham bu texnikaning 12tasini sotib olishga kelishib olgan, ammo xujum vertolyotlari soni bo‘yicha respublika Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinda qolmoqda.
Rossiyada ishlab chiqarilgan noyob Mi-35 harbiy transport vertolyoti o‘nlab mamlakatlarning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaydi. Ko‘plab davlatlar uchun bu vertolyot yetib bo‘lmas orzu bo‘lib qolmoqda. MDH hududida vahimali Mi-35 vertolyotlarini qonuniy ravishda Rossiya Federatsiyasidan tashqari faqat Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston foydalanadi.
Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik doirasida Qozog‘iston Respublikasi Havo mudofaa kuchlari aviabazasiga 4ta yangi Mi-35M hujum vertolyotlari yetib keldi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston. Uchuvchilar va muhandislik-texnik xodimlar qayta tayyorgarlikdan o‘tdi va qo‘mondonlikning eng murakkab vazifalarini bajara oladilar. Rossiya qurollari jangovar vaziyatda pand bermaydi, Mi-35M ishonchli va samarali (“35” - chuqur takomillashtirilgan afsonaviy Mi-24). Yangi bo‘linma Qozog‘iston Respublikasining armiya aviatsiyasini sezilarli darajada kuchaytiradi, unda iyun oyigacha 18 dona vertolyot bo‘lgan.
Avvalroq, Qozog‘iston (2016 va 2018 yillarda) “Rostvertol” OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan 8 dona RF Qurolli Kuchlari bilan bir xil konfiguratsiyada bo‘lgan Mi-35M vertolyotlarini olgan edi. Armiya aviatsiyasi sohasida Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar orasida bugungi kunda faqatgina 25 ta hujum vertolyotiga ega O‘zbekiston (Global Firepower ranking ma’lumotlariga ko‘ra) bilan raqobatlasha oladi.
Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, shu jumladan strategik ittifoqchi va yaqin xorijdagi tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishida bo‘lgan Qozog‘istonga ko‘maklashmoqda. Qozog‘istonning qurol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiya qilish siyosatiga qaramay, Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik strategik sheriklik darajasida. 2015 yildagi kelishuviga asosan Kozog‘iston Respublikasi Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi harbiy texnikalarini RFning ichki narxlarida, shu jumladan Mi-35M vertolyotlarini sotib olishi ko‘p narsadan dalolat beradi.
Himoya qobiliyatining sifatli oshirilishi
Qurolli kuchlar uchun 4ta yangi Mi-35M vertolyotlari, ehtimol, ko‘p emas. Shunga qaramay, ushbu bo‘linma armiya aviatsiyasining zarba berish kuchining 20 foiz ortig‘iga oshishini ta’minlaydi. Mi-35M vertolyoti - bu zirhli transport vositalarini va dushmanning mustahkamlangan pozitsiyalarini yo‘q qilish, quruqlikdagi kuchlarni jangovar ko‘mak bilan ta’minlash, desantlash (shaxsiy qurol bilan 8 nafar harbiyni), yaradorlarni evakuatsiya qilish, tashqi ilmoq va kabinada yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan murakkab, yuqori texnologik jangovar kompleksdir.
Mi-35M ko‘p maqsadli, hujum vertolyoti xususiyatlarga ega: maksimal tezlik - soatiga 300 km gacha, uzoqlik masofasi - 550 km, dinamik balandik - 5400 metr, yuk ko‘tarishi - 2400 kggacha. U og‘ir sharoitlarda ekspluatatsiya qilinishga moslashgan, tog‘lar va cho‘lda samarali ishlashga qodir, ulkan jangovar kuchi va hayratlanarli darajada chidamlilikka ega.
Mi-35M burun qismida 23 mm diametrli ikki to‘pli artilleriya uskunasi bilan qurollangan (o‘q-dori komplekti - 450 ta o‘q). U turli xil konfiguratsiyalarda 8tagacha tankga qarshi raketa, ikki blok boshqarilmaydigan 122 mm raketa yoki 80 mm kalibrli to‘rt blokgacha ko‘tarishi mumkin. Mi-35Mning girostabilizatsiyali optik-elektron stansiyasiga ega so‘nggi aniqlash-nishonga olish tizimi o‘z ichiga teplovizion va televizion kanallarni, lazerli masofa o‘lchagich, va pelengatorni oladi. Bortdagi qurol operatori 240 daraja atrofida tasvirni ko‘radi, raqibni aniq yo‘q qilish uchun ko‘proq imkoniyatga ega.
Oldingi afsonaviy Mi-24 bilan taqqoslaganda, yangi vertolyot zamonaviy bort radioelektron tizimni, raqamli navigatsiya va indikatsiyani, yanada kuchli turbo-dvigatellarni (2ta 2200 ot kuchli), jangovar chidamlilikni oshirish uchun kompozit materialdan tayyorlangan asosiy rotor va rol rotorlarga ega bo‘ldi. Shikastlanishlardan tizimli himoya radiolokatsion stansiya nurlanish detektorlari, issiqlik tuzoqlarini uchirish va IK-diapazonda to‘siqlar yaratish moslamalari,ekipaj kabinasini va vertolyotning hayotiy tizimlarini samarali zirhlash, muhim tizimlarni ko‘p marotabali zahiralash bilan ta’minlanadi.
Yuqori texnologiyali uskunalar ekipajga yukni sezilarli darajada kamaytiradi, kunning istalgan vaqtida boshqariladigan va boshqarilmaydigan qurollardan foydalanish, yer usti nishonlarini kunduzi 10-25 metr, kechasi esa 50 metr balandlikdan hujum qilish imkonini beradi, jihozlanmagan joylardan uchadi va qo‘nadi. Ushbu darajadagi jangovar texnika – xavfsizlikning zamonaviy chaqiriqlariga ishonchli javobdir.
Geosiyosat va mintaqadagi xavfsizlik
Qozog‘iston MDHda harbiy rivojlanish bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lib, Rossiya bilan strategik hamjihatlikda Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirishni rejali davom etmoqda. Harbiy qudratning dunyo reytingida Qozog‘iston Respublikasi 63-o‘rinni egallaydi, Markaziy Osiyoda u faqat dunyoning Top-50 ro‘yxatiga kiruvchi O‘zbekistondan ortda turadi xolos.
Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevga milliy armiyani samarali va raqobatbardosh qurol bilan jihozlash, harbiy ta’lim sifatini oshirish va xalqaro harbiy-texnikaviy hamkorlikni kuchaytirish haqida ko‘rsatma bergan edi. Respublikaning mudofaa qobiliyatining o‘sishi raqamlar va faktlarda o‘z aksini topmoqda.
Uch yillik mudofaa budjeti (2020 - 2022), QR Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra (https://sptnkne.ws/CN4k) jami 961 milliard tengeni (2,55 milliard dollar) tashkil etadi. 2020 yilga 331,9 milliard tenge to‘g‘ri keladi, shundan 313,6 milliard Qurolli kuchlarni saqlashga va 18,3 milliard mutaxassislar resurslarini rivojlantirish va tibbiy ta’minotga sarflanadi. Qurolli kuchlarni moliyalashtirish barqaror.
Harbiy qurilish sohasida, Qozog‘iston Mudofaa vazirligi o‘sib borayotgan xalqaro terrorizm tahdidlarini, notinch Afg‘oniston va to‘rtta yadroviy davlatning qo‘shnichiligini hisobga olishiga to‘g‘ri kelmoqda. Qozog‘iston harbiy doktrinasining mudofaa xususiyati tinchlikka sodiqlik va qurolli kuchlar yordamida milliy manfaatlarni himoya qilish qobiliyatini e’lon qiladi. Respublika o‘z armiyasidan harbiy mojarolar va mintaqadagi keskinlik o‘choqlarini bostirish va keyinchalik inqirozni tinch yo‘l bilan “yo‘q qilish” uchun foydalanishi mumkin.
Yaqqol ko‘rinib turiptiki, Qozog‘iston Respublikasi armiya aviatsiyasini Mi-35M vertolyotlari bilan qayta jihozlash tendensiyasi kelgusi yillarda ham davom etadi, chunki dunyoda undan yaxshirog‘i ishlab chiqarilmagan. Qozog‘istonning janubiy qo‘shnisi bo‘lgan O‘zbekiston o‘z vertolyot parkini aynan shu Rossiya vertolyotlari bilan yangilayotgani bejiz emas.
Eslatib o‘tamiz, undan oldingi Mi-24 bugungi kungacha dunyodagi eng keng tarqalgan hujum vertolyoti bo‘lib qolmoqda (3500 dan ortiq nusxasi ishlab chiqarilgan), 63 dan ortiq mamlakat milliy armiyalarida xizmat qilmoqda. AQSHda esa muntazam ravishda harbiy mashqlar paytida Rossiyaning Mi-24-ga qarshi taktikasini mashq qiladilar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar